
Shu o‘yinchi kerakmi, 150 million evro to‘lang!
“Bayer”ni o‘tgan mavsumda Germaniya chempionligini qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan Florian Virts kelasi yoz jamoasini o‘zgartiradigan ko‘rinadi.
21 yoshli hujumkor futbolchini bir necha grand klublar o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor. “Bayer” mutasaddilari bu o‘yinchini ushlab qolish qiyin bo‘lishini sezib turibdi. Shu bois, ular Virtsning transferidan mo‘may daromad ishlab olmoqchi.
Sport nashrining ma’lum qilishicha, “dorishunoslar” jamoa etakchisini 150 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.
Ayni paytda Virtsga “Real”, “Liverpul” va “Bavariya” jiddiy qiziqish bildiryapti. O‘yinchining o‘zi qaysi jamoaga o‘tish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.
Fikrlar