Shuhrat Maqsudov: "Futbolchilarimga nima bo‘ldi, o‘zim ham hayronman"

  • 27 sentabr, 2021, 21:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Bunyodkor” (5:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlarini bildirdi.

- "Nasaf" jamoasini haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda, ushbu musobaqada ham ularga omad.

Bugungi mag‘lubiyatning sababi haqida hozir bir narsa deya olmayman. Uchrashuv boshida futbolchilarimga nima bo‘ldi, o‘zim ham hayronman. Juda sust harakat qilishdi va o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘qolib qoldi.

Bugun "Nasaf" tarkibidagi eng yaxshi futbolchi - "Nasaf"ning barcha futbolchilari. Keyingi o‘yinlarda ularga omad!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/09/2021 22:45
Bunyotkor zur uynadi. gap yuq shunchaki Nasafka qarshi bunoqa uyin qilib bulmaydi 1 davraga qilgan taktika qilish kerak edi. himoyaga yotib olib. qarshi hujimga jazolash. lekin bugun ochigi Nasaf sudiyalar bilan berga soldi. bulmasa 1 taym. nagli oybekni qupol uynashdi. penalti bermadi. bunyotkor lekin tan olish kerak. yahshi uynaydigan klub. shunchaki Nasaf yoshlari endi. bir bosh ustun klass buyicha ancha yildan beri. uzi Nasaf kupdan beri Uzbekiston chempionatidan oldinga utib ketkan. lekim Bunyotkorni yosh tarkib deb bulmaydi. oldinki yillaridan kura sahal yoshder lekin hali Nasafchalik yosh tarkib uynamagan.