Shupo-Moting PSJda qolishga qaror qildi

  • 23.08.2019 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Erik Maksim Shupo-Moting "Lechche"ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, A Seriya klubi kamerunlik futbolchini ijaraga olishni rejalashtirgan edi. Biroq, ularning taklifi Shupo-Motingni qoniqtirmadi. Shu sababli u parijliklar safida qoladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Shupo-Moting PSJ safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 31ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!