
Simeone bir shart bilan "Atletiko"da qoladi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiy Diego Simeone bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"As" nashrining malum qilishicha , joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng madridliklar rahbariyati 53 yoshli mutaxassis bilan uchrashuv o‘tkazadi va unda argentinalik mutaxassisning kelajagi muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Manbaga ko‘ra, agar boshliqlar yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida tarkibni sifat jihatidan kuchaytirishni kafolatlashsa, Simeone "Atletiko"ni boshqarishda davom etishga tayyor.
Simeone 2011 yildan beri 2matraschilar"ni boshqarib keladi. Murabbiy va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
33-turdan so‘ng "Atletiko" Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rindagi "Real" Madriddan 2 ochko ortda qolgan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq Simeone jamoasining bitta zaxira o‘yini bor.
Fikrlar