
Simeone “Chelsi”dan futbolchi so‘radi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yangi mavsumda bir necha futbolchiga ishonch bildirmoqchi emas va klub rahbariyatidan ularni sotib yuborishni so‘ragan. Klubni tark etishi kutilayotganlardan biri frantsiyalik Kurt Zumadir.
Ushbu futbolchiga kutilmaganda yaxshi taklif kelib tushdi. Ispaniya chempionligi unvonini himoya qilayotgan “Atletiko” London klubiga Zuma transferi bo‘yicha taklif yubordi.
Shunga qaramay, “Chelsi” madridliklar ustozi Diego Simeonening taklifini qabul qilishga shoshilmayapti. Chunki Kurt Zumaga “Sevilya”dan ham chorlov bo‘lgan. Londonliklar Zumadan “Sevilya”dagi himoyachi Jyul Kundeni olishda foydalanmoqchi.
Ana shu maqsadda “Chelsi” mutasaddilari Zumaning “Vest Xem”ga o‘tishiga ham yo‘l qo‘ymadi.
Fikrlar