
Simeonega "Arsenal" hujumchisi kerak
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishi mumkin.
"AS" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyalik hujumchi xizmatiga "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. Lyakazett yozgi transfer oynasida Madrid klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Transfermarkt portali Lyakazettni 35 million evroga baholamoqda. Uning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar