Simeonening bezovta bo‘lishiga nima sabab bo‘ldi?
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone shogirdlarining Xitoyga ketib qolishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Ilgariroq Fernando Torres va Yannik Ferreyra-Karraskolarga Xitoy klubidan qiziqish bo‘layotgani aytilgan edi.
“Xitoyda transfer oynasining kech yopilishi meni bezovta qilmoqdami? Xa, bu vaqt ichida futbolchilarning hayollarida o‘zgarishlar bo‘ladi. Barcha joyda transfer oynasi bir xil vaqtda yakunlanganda yaxshi bo‘lar edi. Shunda murabbiylar va futbolchilar xotirjam bo‘lishar edi.
Karrasko borasida biron narsa deya olmayman. U muzokaralar olib bormoqda. Torres haqidagi xabar esa menda yo‘q. Biz barchamiz mashg‘ulotlar olib bormoqdamiz.
Men qolganlarning qarorini muhokama qilmayman. Agarda, sen ketishni istar ekansan, bu yaxshi. Moliyaviy tomondan yaxshi taklif esa bu hammaning shaxsiy ishidir”, – deb argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi AS nashri.



Fikrlar