Simona Xalep Ruminiyadagi eng omadli ayol

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Business Review nashri Simona Xalepni Ruminiyadagi eng omadli ayol deya e’tirof etdi.  

Jurnal tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni yakunlangandan so‘ng, Simona eng ko‘p ovoz to‘pladi. U Evropa ittifoqining mintaqaviy siyosat bo‘yicha elchisi Korina Kretu va tadbirkor Anka Vladni orta qoldirdi.

Bundan tashqari Simona Xalep ilk marotaba Ruminiyaning eng badavlat 300 odami ro‘yxatidan joy oldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!