Sindarov - Karuana: Klassik shaxmatdagi 3-to‘qnashuv!
Javohir Sindarov va Fabiano Karuananing o‘zaro klassik bahs natijalari raqamlarda ko‘rib chiqamiz!
Fabiano Karuana — Nomzodlar turnirining eng tajribali ishtirokchilaridan biri. U ushbu turnirda 6 marta qatnashgan (2016, 2018, 2020/21, 2022, 2024, 2026) va 2018-yilda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Hozirda u jahon reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi.
1-davrada Sindarov va Karuana o‘rtasidagi bahs keskin ruhda o‘tgan edi. Javohir ushbu partiyada g‘alaba qozongan va aynan shu natija uni jahon reytingida 6-o‘ringa ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan edi.
Fabianoning birinchi davradagi natijalari quyidagicha:
— 3 ta durang (Anish Giri, Andrey Yesipenko,Praggnanadhaa Rameshbabu)
— 3 ta g‘alaba (Hikaru Nakamura, Vey Yi, Mattias Blyubaum,
— 1 ta mag‘lubiyat (Javohir Sindarov).
Bugungi tur esa Karuana uchun alohida ahamiyatga ega.
Nazariy jihatdan, bu bahs uning chempionlik uchun kurashdagi umidlarini saqlab qolish yo‘lidagi so‘nggi imkonlardan biri bo‘lishi mumkin.
Sindarov esa o‘z navbatida muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirib, favoritlarga qarshi yana bir muhim natija qayd etishni maqsad qilgan.
Fikrlar