"Siti" - "Real" uchrashuvining eng yaxshisi kim bo‘ldi?
Evropa Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Real" (4:1) bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "shaharliklar" yirik 4:0 hisobida "qirollik klubi"dan ustun keldi.
UEFA talqiniga ko‘ra, mazkur bellashuvning eng yaxshi futbolchisi Manchester klubi yarim himoyachisi Bernardu Silva, deb topildi. U madridliklarga qarshi o‘yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va maydonda doimiy faolligi bilan ajralib turdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Siti" EChL finaliga yo‘l oldi va 10 iyun kuni "Inter" bilan hal qiluvchi o‘yinda maydonga chiqadi.

Fikrlar