“Siti” Keyn transferidan voz kechdi. Ispaniyada undan foydali o‘yinchi chiqib qoldi

  • 17 sentabr, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” xo‘jayini Deniel Levi jamoa to‘purari Harri Keyn uchun “Manchester Siti” 100 million funtdan ortiq mablag‘ taklif qilganiga qaramay, hujumchisining transferiga ko‘nmadi.

Tecno

Endi “shaharliklar” Keyn transferidan yuz o‘girdi. Bunga futbolchining yoshi o‘tib qolayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Harri kelasi yozda 29 yoshga to‘ladi.

Uning o‘rniga Xosep Gvardiola Ispaniya terma jamoasi va “Real Sosedad”ning hujumkor futbolchisi Mikel Oyarsabalni taklif qilishni rejalashtirmoqchi. “Shaharliklar” safini uning pozitsiyasida o‘ynaydigan Bernardu Silva tark etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ham bu transferni tezroq amalga oshirishni talab qiladi.

24 yoshli Mikel Oyarsabal maydon markazidan tashqari, qanotlardan hujum uyutirish borasida ham ancha faol o‘yin ko‘rsatadi.

Iste’dodli futbolchi “Real Sosedad” tarkibida jami 243 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini 68 marotaba aniq nishonga olgan va jamoadoshlariga 45 ta golli pas oshirgan.

Shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadigan futbolchining transfer summasi 70 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!