“Siti” nishonga olgan to‘rt futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 01.05.2026 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar oynasi davrida ham tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettiradi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” to‘rt nafar o‘yinchini nishonga olgan.

Xususan, manchesterliklar “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib olish uchun asosiy da’vogар hisoblanadi.

Qayd etilishicha, ingliz futbolchisining ehtimoliy transferi qiymati “sezilarli darajada yuqori” bo‘ladi.

Bu haqida Sky Sports xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” hujum chizig‘ini kuchaytirish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Potentsial yangi futbolchilar ro‘yxatidan “RB Leyptsig” qanot hujumchisi Yan Diamond va “Bornmut” hujumchisi Eli Krupi joy oldi.

Shuningdek, Manchester superklubi o‘ng qanot himoyasi pozitsiyasini kuchaytirish haqida ham o‘ylamoqda. Shu munosabat bilan ingliz klubi “Feyenoord” futbolchisi Jivayro Ridning rivojini kuzatishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!