"Siti" tarkibida yo‘qotish, oldinda "Arsenal"ga qarshi o‘yin bor

  • 24 yanvar, 2023, 07:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola tarkibdagi muammo haqida gapirdi.

Tecno

Jamoa vingeri Fil Foden jarohat tufayli Angliya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuborishi ehtimoli yuqori.

Ispaniyalik mutaxassis "Manchester Evening News" nashriga bergan intervyusida shogirdining holatiga to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, ingliz pleymeykeriga biroz dam berilgan. U londonliklarga qarshi uchrashuvga qadar tiklanishga ulgurmasligi mumkin.

22 yoshli Foden joriy mavsum "shaharliklar" libosida barcha turnirlarda 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 gol va 4 assistni yozdirib qo‘ygan.

"Siti" - "Arsenal" bellashuv 27-dan 28 yanvarga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!