"Siti" Torres uchun qancha taklif qilmoqchi?

  • 18 iyul, 2020, 18:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi "Valensiya" vingeri Ferran Torres uchun qancha mablag‘dan voz kechmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Superdeportes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "shaharliklar" 20 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun taxminan 15-18 million evro hamda yarim himoyachi Yanxel Errerani taklif qilmoqchi.

Bundan avvalroq, “Siti” Torres bilan shaxsiy kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Torres joriy mavsum “Valensiya” safida 43 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!