
"Siti" va "Real" o‘zaro etakchi futbolchilarini almashtirishi mumkin
"Manchester Siti" va Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland uzoq vaqtdan beri "Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Peresning e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, "virollik klubi" rahbari hujum chizig‘ida Xoland va Mbappe juftligini ko‘rishni xohlamoqda.
Xoland Madrid klubiga o‘tgan taqdirda, jamoaning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior "shaharliklar" safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Siti" vingerning xizmatlaridan foydalangan holda, hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishi mumkin .
Tomonlar hujumchilarni o‘zaro almashtirishlari ham. Sababi, ularning transfer qiymati bir xil darajada. Transfermarkt portali Vinisius va Xolandni 200 million evroga baholagan.
Fikrlar