
“Siti” Xolandni “Real”dan himoya qilishga kirishdi
“Manchester Siti” rahbariyati gol urish bo‘yicha rekordlarni tinimsiz yangilayotgan Erling Xolandning jamoada uzoq muddatga qolishini ta’minlamoqchi.
Yaqinda “Real” kelasi yoz norvegiyalik forvardni transfer qilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Xolandning agenti Rafaela Pinamonti eshiklar ochiq ekanini aytdi.
Endi “shaharliklar” 23 yoshli futbolchini katta maosh evaziga ushlab qolmoqchi. The Mirror nashrining yozishicha, ayni paytda Erling haftasiga 437 ming evro ishlab topmoqda va u jamoadoshi Kevin de Bryuyne bilan birga eng katta maosh olayotgan o‘yinchi hisoblanadi.
Klub rahbariyati Xolandga yangi shartnoma beradi. Unda hujumchining haftalik maoshi 700 ming evro bo‘lishi ko‘rsatilgan.
To‘purarning hozirgi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Manchesterliklar bu muddatni ham imkon qadar uzoqroqqa cho‘zishga harakat qiladi.
Fikrlar