
“Siti”dan o‘yinchi ololmagan Xavi “Chelsi” yulduzlarini nishonga oldi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoasiga “Manchester Siti” futbolchisi Rahim Sterlingni qo‘shib olmoqchi edi. Biroq, Xosep Gvardiola jamoasi angliyalik hujumkor futbolchini Kataloniyaga qo‘yib yubormadi.
Kataloniyaliklar e’tiborini boshqa o‘yinchilarga qaratishga qaror qildi. ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ular “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan Timo Verner va Hakim Zieshdan birini Ispaniyaga olib kelmoqchi.
“Barselona” bu ikki o‘yinchi bo‘yicha yanvarda salmoqli taklif bilan “aristokratlar” eshigini taqillatmoqchi.
O‘z navbatida, etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Timo Verner va Hakim Ziyosh ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Fikrlar