“Siti”ning kuchi etmaydi

  • 5 aprel, 2021, 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola yozda jamoani tark etadigan Serxio Agueroning o‘rniga ko‘p gol uradigan hujumchi qidirayotgan edi. Biroq, klub yozda yangi hujumchi olmaydigan bo‘ldi.

Tecno

- Keyinchalik nima bo‘lishini bilmayman, lekin hujumchilarning hozirgi narxiga qarab, aytishim mumkinki, biz hujumchi sotib ololmaymiz. Bunga hech qanday imkoniyat yo‘q. Biz katta xarajatlarga tayyor emasmiz. Hozir juda ko‘p klublar moliyaviy qiyinchilikka yuz tutgan.

Ayni paytda yangi mavsum oldidan yangi hujumchi olmasligimiz haqiqatga ancha yaqin, - dedi Xosep Gvardiola.

Agar bosh murabbiyning gaplari rost bo‘lib chiqsa, “Manchester Siti” kelasi mavsumda hujumda Gabriel Jezus va 18 yoshli Liem Delapga tayanib qoladi.

Avvalroq, “shaharliklar” Romelu Lukaku, Erling Xoland, Denni Ingz va Kilian Mbappega ko‘z tikayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!