
"Siu" va "Calma"! Ronalduning gol nishonlashidan ilhomlangan "Real" yulduzlari...
"Real" La Liganing 13-turida "Valensiya"ni o‘z maydonida qabul qilib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Visisius va Rodrigo dubl, Karvaxal esa bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur o‘yinda futbolchilar Ronalduni ham eslab o‘tishdi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Rodrigoning qanotdan uzatgan to‘pini Vinisius darvozaga joylab qo‘ydi va golni shunday nishonladi:
Bu bilan vinger "Valensiya" muxlislarini xotirjam bo‘lishga chaqirdi. Bilamizki, o‘tgan mavsumgi o‘yinda Vinisiusga nisbatan irqchilik harakatlari kuzatilgan. Mazkur bahsda ham bu holatlar qaytalandi.
Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Mamardashvilining xatosidan Rodrigo unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirib qo‘ydi. Braziliyalik futbolchi ham gol nishonlashda Ronaldu uslubidan foydalandi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan "Real" turnir jadvalida peshqadam "Jirona" bilan oradagi tafovutni qisqartirdi. Endilikda kataloniyaliklar bilan farq ikkitani tashkil qiladi.
Fikrlar