Skoulz: MYu shunday o‘ynashda davom etsa, kelasi mavsum Evropa ligasidan ham quruq qoladi
"Manchester Yunayted" afsonasi Pol Skoulz sobiq jamoasining "Brayton"ga mag‘lubiyati haqida gapirib o‘tdi.
"Bu o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarga juda o‘xshaydi. Tan olish kerak, "Brayton" ajoyib tarzda g‘alabaga erishdi.
Ten Xagning hali qiladigan ishlari ko‘p. Unga boshqacha futbolchilar kerak. Agar klub shu tarzda o‘ynashda davom etsa, keyingi mavsum Evropa ligasidan ham quruq qoladi.
Jamoa birinchi bo‘limda o‘ta tartibsiz harakat qildi. Maydon markazi raqibga topshirib qo‘yildi. "Manchester Yunayted"dagi yigitlar bunday o‘ynamasligi kerak", - dedi angliyalik sobiq futbolchi.



Fikrlar