Sneider: "Vinisiusning o‘rnida bo‘lganimda, Otamendiga JChni u uchun Messi yutganini aytgan bo‘lardim"
Niderlandiyalik taniqli sobiq futbolchi Uesli Sneyder "Benfika"ning "Real"ga qarshi oʻyinida Nikolas Otamendi va Vinisius Juniyor ishtirokidagi epizodga izoh berdi.
Oʻyinga qoʻshib berilgan vaqtda argentinalik va braziliyalik nimanidir muhokama qilishdi, shundan soʻng birinchisi istehzo bilan futbolkasini koʻtarib, jahon kubogi tatuirovkasini koʻrsatdi.
"Otamendi deganlari es-hushi joyidami oʻzi? U oʻzini bolalarcha tutdi va bu paytda uning jamoasi yutqazayotgan edi.
Vini oʻrnida boʻlganimda, unga: "Sen maqtanayotgan jahon chempionatida Messi gʻolib boʻldi, sening esa umuman aloqang yoʻq," degan boʻlardim. Buni bir necha bor Chempionlar Ligasida gʻolib chiqqan "Real" futbolchisiga koʻrsatganmi? Jiddiymi?" - deya Sneyderning soʻzlarini keltiradi ispan OAVlari.
Vinisiusning 50-daqiqada urgan goli bellashuvda yagonaligicha qoldi.
Fikrlar