Sobiq hakam: Bu erda hech qanday qoidabuzarlik yo‘q edi

  • 17 aprel, 2024, 02:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eduardo Iturralde Gonsales Ronald Arauxoning chetlatilishi haqida o‘z fikrini bildirdi. 

"Barselona" - PSJ o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi javob uchrashuvining 29-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda ter Shtegen bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan parijliklar vingeri Bredli Barkolani jarima maydoni yaqinida turtib yuborgach, Ishtvan Kovach Arauxoni maydondan chetlashtirdi. 

"Ushbu epizodda Arauxo to‘p uchun kurashayotgan paytida PSJ hujumchisining elkasiga qo‘lini qo‘ydi va u yiqildi. Menimcha, bu erda hech qanday qoidabuzarlik yo‘q. Agar hakam qo‘pollikni ko‘rgan bo‘lsa, qizil kartochkaga shubha yo‘q", - dedi sobiq referi. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!