Sobiq PSJ futbolchisi Parij klubini qattiq tanqid qildi
Ayni damda "Chelsi" sharafini himoya qilayotgan sobiq PSJ futbolchisi Tiago Silva parijliklarning "Real"dan uchralgan mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi:
"Parij klubini qo‘llab-quvvatlovchilar uchun tasavvur qilib bo‘lmaydigan mag‘lubiyat.
Har yili bir xil narsa. Jamoaga qo‘shish kerak bo‘lgan jihatlar bor. Biroq ko‘plab o‘zgarishlarga zarurat yo‘q. Hammasini noldan boshlayverish futbolda qabul qilib bo‘lmas holat.
PSJda pul bor, ammo bu futbolda muvaffaqiyat qozonish uchun etarli emas. Titullar bunday qo‘lga kiritilmaydi.
Ular Frantsiyada har doim g‘alaba qozonadi. Lekin katta turnirlarda pul hech narsani anglatmaydi. Chempionlar ligasida zafar quchish bu qadar oson emas", - dedi braziliyalik himoyachi.
Fikrlar