“So‘g‘diyona” jamoasining umumiy statistikasi

  • 28.11.2017 14:35
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oliy liga 2017 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga etdi va endilikda tarixga aylandi. “So‘g‘diyona”ning bu mavsum uchun sarhisobini e’tiboringizga havola etamiz. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu mavsumda Sardor Eminov, Azamat Isroilov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Sardor Qulmatov, Sanjar Rashidov maydonda eng ko‘p vaqt maydonda o‘tkazishdilar. “So‘g‘diyona” murabbiylar shtabi bu yil 29 nafar futbolchini maydonga tushurishdi. Ulardan G‘ulom Urunov, Doston Abdurahmonov, Cunatilla Mamadaliev, Shoxrux Eshbo‘taev, Rustam A’zamov, Sarvar Karimov, Omon- biik Halilov, Ulug‘bek Xudoyberdiev birinchi davradan so‘ng jamoani tark etdilar.

Sardor Eminov 1 ta, Azamat Isroilov 2 ta, Shoxrux Dostonov 1 ta, Izzatilla Abdullaev 2 ta, Suxrob Qobilov 1 ta, Doston Abdurahmonov 1 ta, Umidjon Qodirov 2 ta, Sunatilla Mamadaliev 1 ta, Otabek Valijonov 1 ta, G‘ulom Urunov 1 ta, Ixtiyor Toshpo‘latov 5 ta  va jamoa sardori Sanjar Rashidov 14 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Sanjar Rashidov 14 ta gol bilan chempionat to‘po‘rarlar safida 5 o‘rinni egalladi.

Jamoa jami bo‘lib 33 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. "So‘g‘diyona" futbolchilari 17 bor o‘z maydonlarida raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 16 tasi safarda kiritilgan. 7 ta gol penaltidan kiritilgan. O‘tkazilgan gollar soni 51 ta. Gol o‘tkazilmagan o‘yinlar soni 6 ta. Gol urilmagan uchrashuvlar soni 11 tani tashkil etadi. Ushbu mavsumda avtogollar qayd etilmadi.

“So‘g‘diyona” bu masumda “Mash’al”ga qarshi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0). Eng yirik hisobda mag‘lubiyatni “Nasaf” va “Lokomotiv”dan qabul qilgan (0:4).

Jamoaga 51 bor sariq kartochkalar ko‘rsatilgan. Qizil kartochka esa 8 marta ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!