“So‘g‘diyona-W" o‘z tarixida ilk bor xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi

  • 23 mart, 2018, 23:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali murabbiy Sherali Babakulov boshchiligida   mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan “So‘g‘diyona – W” jamoasi chempionat starti oldidan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Jizzaxliklar Qozog‘istonning nomdor jamoalaridan biri hisoblangan “Oqjetpes” ayollar  futbol klubiga qarshi maydonga tushishdi. Evropa futboli havosini olgan tajribali raqib bilan tengma-teng kurash olib borgan jizzaxliklar o‘yini yomon taa’ssurot qoldirmadi.

Urashuvning 3 daqiqasidayoq o‘z darvozasidan gol o‘tkazganiga qaramay, "So‘g‘diyona-W" futbolchilari raqibga tashabbusni bermaslikka intilishdi. Birinchi bo‘lim davomida asosan raqib xujumlarini bartaraf etish  va to‘p nazoratini o‘zida saqlashga intilgan Sherali Babakulov shogirdlari ikkinchi bo‘limda o‘zgacha o‘yin ko‘rsatishdi.

Qanotlar va markazdan xujumlar tashkil etildi. Bir necha marotaba jarima zarbalari orqali raqib  darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirildi. Ammo tajriba yana o‘z so‘zini aytdi. Qozog‘istonliklar 68 daqiqada ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu o‘yinda so‘nggi gol bo‘ldi. Asosan 19-23 yoshgacha bo‘lgan mahalliy futbolchilardan iborat “So‘g‘diyona-W” kuchli legionerlarni tarkibda jamlagan raqibga qarshi mardonavor o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, shogirlaridan ko‘ngli to‘lgan“So‘g‘diyona-W” bosh murabbiyi Sherali Babakulov qo‘yidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

- Bu o‘yin biz uchun juda muhim edi. “So‘g‘diyona-W” Superligada debyutant jamoa hisoblanadi. Shu boisdan shogirdlarimda nafaqat jismoniy balki ruxiy tomonlama ham etuk  bo‘lishini xoxlayman. Bo‘ o‘yin esa aynan shu jihatni sinovdan o‘tkazish uchun kerak edi. Jamoamiz tarkibi yoshlardan iborat va ular g‘alabaga chanqoq.Biz mag‘lubiyatdan hafa emasmiz. Muhimi tajriba to‘plash va kamchiliklarni ustida ish olib borish. Ishonchim komil, 1 aprelda boshlanadigan Superliganing ilk turida “AGMK” ga qarshi o‘tadigan bahsga tayyor holatda bo‘lamiz.

O‘yin juda og‘ir o‘tdi. “So‘g‘diyona-W” jamoasi bizga qarshi har bir jabhada kurash olib bordi.Raqib futbolchilari menda yaxshi ta’surot qodirdi. Ochig‘i O‘zbekistonda 14 ta jamoadan iborat ayollar o‘rtasidagi chempionat tashkil etilganidan xursandman. Bu ayollar futbolini rivojlantirish uchun juda yaxshi harakat. “So‘g‘diyona-W” jamoasiga boshlanayotgan mavsumda omad tilayman. Ishonamanki,hali ular o‘z so‘zini aytadi -deydi “Oqjetpes” jamoasi va Qog‘iston U-19 terma jamoasi murabbiyi Pyotr Pak,

Nazorat o‘yini

«So‘g‘diyona-W»(O‘zbekiston)-«Oqjetpes» (Qozog‘iston) 0:2

Hakamlar: Muzaffar Fayzullaev,Kattabek Abdurahimov,Feruzbek G‘aniev

Gollar: Olga Osipyan3, Zarina Shmit 68

Ogohlantirishlar: Shaxlo Qodirova 19

«So‘g‘diyona-W»:12. Shaxlo Rajabova,19. Muxlisa Mardieva,20. Zebiniso Xalimova, 21 Shaxlo Qodirova, 4.Nasiba Xojieva, 99. Shaxzoda Fayzullaeva, 7. Maxfuza Turopova(s), 15. Dilafruz Toshpo‘latova, 5. Maxliyo Nazarbekova ,10. Nodira Turanova, 8. Lutfiniso Xalimova.

Zahira:1. Yuliya Lomokova, 77. Albina Babakulova, 18. Parizod Eshkulova, 9. Sitora Takaboeva, 17. Nodira Iskandarova, 2. Nafisa Nabikulova,27. Dinara Payzikulova.

«Oqjetpes»:1.Aytadj Sharifova 2. Shaxista Xodjieva 11. Armine Xachatryan 12. Alyona Oskova 13. Violetta Mitsul  21.Aygerim Alimkulova 3.Janerke Perme 7. Natalya Radzievskaya 8. Ayraylym Mutalieva 10.Olga Osipyan 18. Kristina Bakaraize

Zahira: 18.Zarina Shmit  20.Djamilya Kayrbekova 9.Bibigul Narusheva 17. Valentina Penkova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!