
So‘ngi 5 jangida qariyb 22 million dollar ishlab topgan WBO chempioni kompaniyasini sudga berdi
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) WBO chempioni hisoblangan Terens Krouford (38-0, 29 KO) o‘zining sobiq promouterlik kompaniyasi Top Rankni sudga berdi.
Krouford kompaniya rahbari Bob Arumni u qora tanli bo‘lganligi uchun katta pul olib kelishi mumkin bo‘lgan janglarga qo‘ymaganligini iddao qilib, 10 million dollar undirib berishni talab qilmoqda.
P4P etakchilaridan biri hisoblangan amerikalik bokschi 2021 yil noyabr oyida kompaniya bilan hamkorlikni to‘xtatgan.
U o‘zining so‘ngi 5 jangida quyidagicha gonorarga ega bo‘lgan:
Shon Porterga qarshi jangda 6 million, Kell Bruk bilan 3,5 million, Egidijus Kavaliauskas bilan 4 million, Amir Xon bilan 4,8 million hamda Xose Benavides bilan 3,5 million dollar shuningdek, har bir bahs oldidan mashg‘ulot uchun kompaniya unga alohida 50 ming dollar miqdorda mablag‘ to‘lab bergan.
Fikrlar