"Spartak" - "Ufa". Tarkiblar ma’lum. Oston O‘runov bugun maydonga tushadimi?
Bugun Rossiya Premer-ligasida 24-turdan o‘rin olgan o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular orasida hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p tepayotgan "Ufa" ishtirokidagi bahs ham mavjud.
"Ufa" bugun safarda "Spartak" bilan kuch sinashadi. Ayni paytda jamoalarning tarkiblari ma’lum:
"Spartak": Maksimenko, Eщenko, Jigo, Maslov, Rasskazov, Kral, Bakaev, Zobnin, Gaponov, Ponse, Larsson.
"Ufa": Belenov, Tabidze, Nedelcharu, Yokich, Suxov, Fomin, Karp, O‘runov, Putsko, Agalarov, Kozlov.
Bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 18:30da start oladi.

Fikrlar