
"Spartak" Dubaydagi o‘yinda ishtirok etishni rad etdi
"Spartak" Dubayda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Zenit"ga qarshi o‘yinni bekor qildi. Sankt-peterburgliklar bosh murabbiyi Sergey Semak bu haqda aytib o‘tdi:
"Spartak" o‘yinni rad etdi. Biz shunday taklif bilan chiqdik, sharoitni hisobga olgan holda, ularga qarshi maydonga chiqishni istagandik, ammo ular o‘z rejalariga ega. Shu sababli, ular biz bilan o‘ynay olmaydi",-dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun moskvaliklar Dubaydagi yig‘in doirasida "Paxtakor" bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs 30 yanvar sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar