"Spartak" jarimaga tortilishi mumkin

  • 6 oktabr, 2020, 13:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" klubi Rossiya futbol ittifoqi tomonidan qabul qilingan qoidalarni buzganligi uchun jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqida "Championat.com" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Gap shundaki, "Otkritie Arena"da "Zenit"ni qabul qilgan moskvaliklar ruxsat berilganidan ko‘proq muxlislarni stadionga kiritgan. Rossiya Premer-ligasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, o‘sha kuni 17150 kishi o‘yinni maydonning o‘zidan kuzatgan.

Moskva meri 2020 yil 1 avgustidan boshlab, Premer-liga o‘yinlariga stadion sig‘imining 50% miqdorigacha tomoshabinlar kiritilishi haqida farmon chiqargan edi. Biroq ijtimoiy masofa saqlash qoidalarini hisobga olgan holda, bu miqdor 1,5 barobargacha qisqartirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!