
"Spartak" o‘rtoqlik bahsida Latviya klubini yirik hisobda engdi. Oston O‘runov ham maydonga tushdi (video)
Bugun Moskvaning "Spartak" klubi Latviyaning "Riga" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
O‘yin "Spartak"ning yirik: 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinda hamyurtimiz Oston O‘runov 10 daqiqa maydonda harakat qildi.
Shu kuni moskvaliklarga g‘alaba keltirgan gollarga Roman Zobnin, Esekel Ponse, Viktor Mozes hamda Jordan Larsson mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar