
“Spartak” O‘runovni tabrikladi! (foto)
“Spartak” klubi bugun 20 yoshini qarshi olgan o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovni tavallud ayyomi bilan tabrikladi.
“Oston, tug‘ilgan kuning bila tabriklaymiz!
Mavsumning ikkinchi yarmida katta o‘sishga erishishingni tilaymiz!, - deyiladi klubning tvitterdagi rasmiy kanalida tarqatilgan tabrikda.
Oston O‘runovning bu galgi tug‘ilgan kuni unutilmas bo‘lishi tabiiy. Chunki ilk bor bu sanani legioner sifatida yurtidan uzoqda nishonlamoqda.
Fikrlar