"Spartak" qiziqqan yarim himoyachi "Sampdoriya"ni tanladi

  • 4 oktabr, 2020, 13:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester Siti" yarim himoyachisi Adrien Silva "Sampdoriya" futbolchisiga aylandi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar 2022 yilga qadar mo‘ljallangan kelishuvga erishgan.

Tecno

31 yoshli futbolchiga "Spartak" Moskva klubi ham qiziqish bildirgan edi. Ammo portugaliyalik xavbek Rossiyaga ko‘chib o‘tishni istamadi. Silvaning o‘zi "Sampdoriya" rasmiy "Tvitter" sahifasiga bergan intervyusida jamoaning buyuk tarixi va ajoyib libosi bor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Adrien Silva so‘nggi 2 mavsumni "Monako" tarkibida ijarada o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!