“Spartak” – “Sochi” o‘yini qayta o‘tkaziladimi? RPL javob berdi

  • 10.08.2020 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Spartak” va “Sochi” o‘rtasidagi uchrashuv atrofidagi gap-so‘zlar tobora avj olib bormoqda. Noxolis hakamlikka duch kelgan moskvaliklar o‘yin natijasidan (2:2) norozi bo‘lmoqda. Futbol mutasaddilari ushbu o‘yin hakamlari ustidan tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Ayrim mutaxassislar o‘yin natijasi bekor qilinib, uchrashuv qayta o‘tkazilishi kerakligini talab qilmoqda. Rossiya premer-ligasi vakillari bunga javob berdi.

- Hakamlik tufayli uchrashuv natijasini bekor qilib bo‘lmaydi. Bu reglamentda ko‘rsatilmagan, - degan javobni berdi RPL mutasaddilari.

Demak, birinchi tur uchrashuvi natijasi o‘zgarishsiz qoladi. Bu holatda faqatgina uchrashuv hakamlarini jazolash mumkin bo‘ladi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!