
"Spartak"ning yangi futbolchisi dopingga qarshi test topshirdi
Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) premer-liga futbolchilarini doping testlaridan o‘tkazishda davom etmoqda. Bu gal ushbu tekshiruvdan RPLning 12 futbolchisi o‘tdi.
E’tiborlisi, ular orasida Moskvaning "Spartak" klubiga yangi kelib qo‘shilgan Aleksandr Kokorin ham bor.
Ta’kidlash joizki, agentlik yil boshidan beri 29 ta futbolchini doping testlaridan o‘tkazgan. Eng ko‘p tekshiruvdan o‘tgan futbolchilar "Lokomotiv" a’zolari Marinato Gilerme va Rifat Jemalitdinovdir.
Fikrlar