“Spetsiya” bosh murabbiy Shomurodov haqida nimalar deganini bilacizmi?

  • 16 mart, 2023, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Spetsiya” A Seriyaning avvalgi turida “Inter”ni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin aksariyat muxlisu mutaxassislar bu jamoaga alohida diqqat bilan qaray boshladi.

Leonardo Semplichi kelganidan keyin liguriya jamoasi hali mag‘lub bo‘lgani yo‘q. Dastlabki ikki uchrashuvda “Udineze” va “Verona” bilan durang o‘ynab, ancha kuchli milanliklarni er tishlatgan jamoaning A Seriyadagi joyini saqlab qolishi umid paydo bo‘ldi.

2a9635

Endi “Spetsiya”ni ikkinchi davrada juda yaxshi o‘yin namoyish qilayotgan “Sassuolo” sinovdan o‘tkazadi. Alessio Dionizi shogirdlari o‘tgan turda Rimda “Roma”ni engib qaytdi. Bu jamoa oxirgi sakkizta uchrashuvdan faqat bittasida chempionlikni deyarli naqd qilib qo‘ygan “Napoli”ga yutqazdi. Yana beshta bahsni o‘z foydasiga hal qildi va ikki marta durang qayd etdi.

Leonardo Semplichi bo‘lajak bahs oldidan jurnalistlarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi:

Jamoa kurashga tayyor

Tashqaridan kelib, siz hech qachon jamoaning haqiqiy qiymatini bilmaysiz. Bosh murabbiy bo‘lganingizdan keyin hammasi oydinlashadi. Bu erga kelib, ilgari yaxshi bilmagan ko‘p o‘yinchilarning o‘ziga xos sifatlarini kashf etdim. Bularning barchasi bir jamoa bo‘lib maqsad sari kurashishimizda qo‘l keladi.

Qo‘shimcha ishtiyoq

Italiya chempionatida eng kuchli tarkibga ega “Inter” singari jamoani engish sizga nimadir berishi tabiiy. Bu g‘alaba orqali o‘zimizga ishonch hosil qildik va oxiriga shunday harakat qilish kerakligini angladik. Agar bunaqa muvaffaqiyatlar bir martalik bo‘lsa, ular hech narsaga arzimaydi.

“Inter” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin barchasini unutib, keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Raqibimiz ajoyib texnik ko‘rsatkichlarga ega juda kuchli jamoa va shuning uchun ham ularga qarshi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. “Inter”ga qarshi bahs ishtiyoq berdi, o‘sha bahsda muxlislarimiz oxirigacha bizni qo‘llab-quvvatlab turgani katta ahamiyat kasb etdi.

“Sassuolo” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda ham o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsata oladigan, qo‘rqmas “Spetsiya”ni ko‘rishni xohlayman.

Shomurodovga ishonamiz

Bu gal ham Eldor Shomurodov va Mbala Nzolani ilk daqiqalardan birga o‘ynatish imkoni bo‘lishiga umid qilaman. Har ikkalasi biz uchun qadri baland o‘yinchilar hisoblanadi. Ularning oldingi chiziqda birgalikda harakat qilishi jamoamiz harakatlarini samarali yakunlashga xizmat qilishi kerak.

Bu holat bizga yana bir nechta gol urish imkoniyatini taqdim qiladi. Buning uchun oldingi chiziqdagi o‘yinchilar orasida muvozanatni to‘g‘ri shakllantira olishimiz talab etiladi.

Men bir necha futbolchilar uchun gol urish imkoniyatini yaratib bera oladigan jamoaviy o‘yin tarafdoriman. Bunda, o‘yinchilarning raqib darvozasiga yaqinroq joylasha olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ularda to‘p kiritish imkoni oshadi.

“Sassuolo” ko‘p gol o‘tkazadigan jamoa

“Sassuolo” Rimdagi bahsda ko‘rganimizdek, ko‘p xavfli vaziyat yarata oladigan va shu bilan birga ko‘p to‘p o‘tkazadigan jamoa. O‘tgan o‘yinda ayrim holatlarda futbolchilarimizning ustunliklaridan foydalanishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygandi. Hozir ana shu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlayapmiz. Futbolchilarimizdagi salohiyatga tayanib, “Sassuolo”ga kuchli raqobat ko‘rsatishga va bahsda g‘alaba qozonizga harakat qilamiz.

0cc09bfd8c5f38889eabceeedf64af2b

“Sassuolo” va “Spetsiya” o‘rtasidagi bahs 27-tur uchrashuvlarini boshlab beradi. O‘yin 17 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Legionerimiz: Ikki golim uch ochko keltirdi!

Hammasini ikki o‘zbek legioneri mahorati hal qildi! Buni raqib ham tan oldi!

Legionerlarimiz Premer-ligani “yorvordi”!

Shomurodov bor va O‘zbekiston yangi chempionatda yuqori o‘rin uchun kurashadi!

Shomurodovga Dibala qachon joyini bo‘shatib beradi?

Shomurodov nega “Lill”, “Everton”, “Valyadolid” va “Bayer” taklifini qabul qilmadi?

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!