"Spetsiya" ustozi Shomurodovni maqtadi

  • 5 fevral, 2023, 03:54
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun A Seriya  21-turi doirasida "Spetsiya" o‘z maydonida "Napoli"ni qabul qiladi.

Yaqindagina spetsiyaliklar safiga qo‘chib o‘tgan legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvda debyut qilishi mumkin. U neapolliklarga qarshi o‘yin uchun qaydnomadan joy olgan. 

"Spetsiya" ustozi Luka Gotti bellashuv oldidan hamyurtimiz haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Eldor yaxshi holatda va avvalo o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori. U doim tabassum qilib yuradi va bu erda ekanligidan xursand. Shomurodov bizga yordam berishni istaydi. Mazkur holat bizga ajoyib tuyg‘ularni taqdim etmoqda", - dedi Luka.




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
BAKR ABU
05/02/2023 14:35
Укам омадини берсин газини бос
&
OLIM1888
05/02/2023 08:44
Olg'a Eldor