
Sportchilarimiz Manamada o‘tadigan jahon kubogi bosqichida qatnashmoqda
Qilichbozlarimiz Bahrayn poytaxti Manama shahrida shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida ishtirok etmoqda.
19 fevralgacha davom etadigan mazkur turnirda qatnashadigan o‘zbekistonlik qilichbozlar Manamada bo‘lib turibdi.
Musobaqada quyidagi 10 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi, deb xabar tarqatdi olympic.uz sayti.
Manbaga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda Saidbilol Alimov, Vadim Bagautdinov, Ahmadjon Fayziev, Asilbek Ibodullaev, Meyirxan Timurov, Iskandar Turishev, Ozodbek Zaynobiddinov qatnashmoqda.
Qizlar musobaqasida Aziza Hamidova, Dilnaz Murzataeva, Sanam Nazarova g‘oliblik uchun kuch sinashyapti.
Fikrlar