
Sportchilarimiz qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi
Joriy yilning 21-23 sentyabr kunlari Rossiyaning Tula shahrida qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 14 davlatidan tashrif buyurgan sportchilar orasida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi va bu bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.
14-15 yoshli sportchilar qarama-qarshiligida Ismoil Alimardonov (36 kg) va Muhammadali Mustafo (70 kg), 16-18 yoshlilar o‘rtasida Ulug‘bek Mamadiev (50 kg), Abdulmannop Ibrahimov (65 kg), 18-21 yoshli sportchilar o‘rtasida to‘qnashuvlarda Isroil Ramazonov (55 kg), Og‘abek Qodirov (75 kg) va Shahzod G‘aniev (80 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Mahliyo Xabibullaeva (65 kg – 18-21 yoshlilar o‘rtasida) va So‘g‘diyona Kamoldinova (60 kg – 16-17 yosh) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar