"Squawka": Husanov himoyachilar orasida APL 26-turida tengsiz

  • 24 fevral, 18:52
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

ALP 26-turi doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Liverpul" bilan kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda "shaharliklar" 0:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. 

Gollar Saloh hamda Soboslai tomonidan kiritildi. Legionerimiz Abduqodir Husanov ushbu uchrshauvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. 

Mag‘lubiyatga qaramay, hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu o‘yinda ishonchli tarzda harakat qildi. "Squawka" ma’lumotiga ko‘ra, Abduqodir bu turda to‘pni yutib olish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichtni qayd etdi (12 marotaba). Futbolchimiz "SofaScore" portali talqiniga ko‘ra, 7.2 ball to‘pladi va bu "shaharliklar"ning "Liverpul"ga qarshi o‘ynagan himoyachilari orasida eng yaxshi, butun jamoa kesimida esa Dokudan keyingi (8.2) natija bo‘ldi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
24/02/2025 22:19
Абдуқодирга респект, бўшашма йигитни зўри.