
Starrij Italiyaning quyi ligasida to‘p surishi mumkin
Ayni damda erkin agent maqomida yurgan angliyalik hujumchi Daniel Starrij faoliyatini B Seriyada davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 30 yoshli futbolchiga “Benevento” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Tomonlar ayni damda muzokaralarni boshlab yuborishgan. Aytish kerakki, Starrijning bo‘lajak jamoasi unga 3 yillik shartnoma taklif qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Starrijning so‘nggi ish joyi Turkiyaning “Trabzonspor” klubi bo‘lgan edi. Daniel u erda jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar