
Sterling o‘zini London klubiga taklif qildi
"Chelsi"ni tark etishi aniq bo‘lgan Rahim Sterling o‘ziga yangi klub izlamoqda. Futbolchi Evropada qolishni istasa, tezroq bu muammoga echim topishi kerak bo‘ladi. Sababi, transferlar oynasi yopilishiga oz qoldi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, angliyalik vinger o‘zini "Arsenal"ga taklif qildi. Ammo hali tomonlar kelishib olgani yo‘q va bu transfer amalga oshishga yaqin emas. London klubi rahbariyati esa o‘zaro muhokamadan keyin futbolchiga javobini aytadi.
Sterling juda qiyin vaziyatda qolib ketdi. "Chelsi" uni o‘z tarkibida ko‘rishni istamayapti. Entso Mareska ham buni yashirib o‘tirgani yo‘q. U 30 yoshli ingliz bilan gaplashib, unga jamoada joy yo‘qligini aytgan.
Fikrlar