Sterling uyiga tushgan bosqinchi ushlandi. U nimani o‘margan?

  • 2 sentabr, 2023, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” hujumkor futbolchisi Rahim Sterlingning uyiga o‘g‘rilikka tushgan noma’lum shaxs ushlandi.

Tecno

Bu noxush voqea 2022 yilning dekabrida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda, bir guruh qurollangan kimsalar uyga bostirib kirib, narxi 300 ming funt turadigan soatlarni o‘margandi.

The Guardian nashrining yozishicha, jinoiy guruh vakillaridan biri qo‘lga tushdi. U 23 yoshli Emiliano Krozi bo‘lib chiqdi.

Unga bosqinchilikni tashkil qilish bo‘yicha 33 holat yuzasidan ayblov e’lon qilindi.  

Emiliano Krozi 21 sentyabr kuni sud qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!