Steshevich va uning yordamchisi "Metallurg" futbolchilari bilan qanday xayrlashdi?

  • 18 iyun, 2024, 11:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha rasman "Metallurg" bosh murabbiyligidan ketgan chernogoriyalik Vesko Steshevich va uning yordamchisi jamoaning kechki mashg‘ulotida jamoa a’zolari bilan xayrlashdi.

Tecno

"Jamoamizning kechki mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin “Metallurg” markaziy stadioniga jamoaning endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Vesko Steshevich hamda uning yordamchisi Nenad Vukchevich tashrif buyurdi va klub a’zolari bilan samimiy xayrlashdi. Ikki yillik samarali mehnat uchun Vesko futbolchilarga, murabbiylar shtabi hamda klub ma’muriyatiga minnatdorlik bildirdi va jamoaga kelgusi faoliyatida omad yor bo‘lishini tiladi.


O‘z navbatida klub a’zolari ham Vesko Steshevich hamda Nenad Vukchevichga Bekoboddagi unutilmas kunlar, yaxshi xotiralar uchun tashakkur izhor etishdi. Ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat va zafar tilashdi", - deb yozadi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!