Stiven Jerardga yangi shartnoma taklif qilindi

"Reynjers" bosh murabbiy Stiven Jerard klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. STV News manbaasiga ko‘ra, tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha bir qarorga kelishgan.

39 yoshli mutahassis shotlandiyaliklar bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzolaydi. Rasmiy xabar yaqin vaqtlar ichida e’lon qilinadi.

Joriy mavsumda "Reynjers" Shotlandiya oliy ligasida ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!