Stol tennischilarimiz Moldovada tengsiz bo‘ldi

CHERY AUTO

Stol tennis bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Moldovaning Dubossar shahrida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida xalqaro turnirda ham ishtirok etdi.

Tecno

Dunyoning to‘qqista davlatdan kelgan 200ga yaqin sportchi ishtirok etgan mazkur musobaqada terma jamoamiz ikkitadan oltin va kumush hamda uchta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa o‘rtasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Musobaqada Muhammad O‘ktamboev va Maqsud Rustamoq barcha raqiblarini engib oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Sherzod Mamajonov hamda Rumiya Lutfullina terma jamoamizga kumush medalini keltirdi.

Shuningdek, Maqsud Nurpo‘latov, Sayyora Abduhalilova va Robiya Mahmudova kabi iste’dodli yosh stol tennischilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Stol tennischilarimizning ushbu g‘alabalari zamirida mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlarini aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish va mazkur sport turi bilan shug‘ullanayotganlar uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlarni ko‘rish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!