
Stranja. Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha an’anaviy Stranja musobaqasi davom etmoqda. Bugun ushbu turnirning hal qiluvchi bahslari davom etyapti.
-51 kg vazni ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Dmir Abdikadir bilan jang olib bordi.
Ringda to‘liq ustunlikka erishgan vakilimiz hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, yana 4 nafar bokschimiz bugun final janglarini o‘tkazadi.
Fikrlar