Striklend: "Sen yaxshi jangchisan, lekin zaif insonsan!"

  • 13 dekabr, 2023, 13:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

O‘rta vaznda (83,9 kg) UFC chempioni Shon Striklend Kolbi Kovingtonning so‘nggi hujumlariga javob qaytardi.

Kovington, sen iflos og‘zingizni ochishni yaxshi ko‘rasan. Birodar, Fabrisio Verdumning senga nima qilganini hammamiz ko‘rdik – u oldingga keldi va seni "o‘chirib qo‘ydi". Sen esa telefoningni olib,bu vaziyatni suratga ola boshlading. Bu orqali sen o‘zingni sharmanda qilding. Ha, men senga rostini aytaman, sen yaxshi jangchisan. Ammo sen inson sifatida juda zaifsan, - dedi Shon.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kuni Kovington Striklendning xunuk va yoqimsiz ekanligini aytgan va uni mag‘lub etish istagini ham bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!