
Sulsherning uyi – Van Deykning muammosimi? (Erkinjon G‘aybullaev blogi)
Ole Gunnar Sulsher «MYu» bilan yaqinda to‘liq bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladi va Manchesterdagi sobiq hashamatli uyiga qaytishni xohlamoqda. Ammo uning oldida bir muammo bor: hozirda u erda Van Deyk istiqomat qilmoqda.
Gollandiyalik futbolchi uyni bir yildan ortiq ijaraga olgan.
28 martda Ole-Gunnar Sulsher «MYu» bilan 3 yillik domiy muddatli shartnoma imzoladi. Bu «Liverpul» himoyachisi Van Deyk uchun muammoga aylanishi mumkin. Norvegiyalik mutaxassisga tegishli hashamatli uy himoyachi ijaraga olgan. Yozda esa Ole o‘zining uyiga qaytishni istamoqda. Fevral oxiriga qadar u Louri mehmonxonasida istiqomat qildi. Aynan u erda Mourino klubdagi faoliyati davomida yashagandi.
«Oxirgi 8 yilda oilam Norvegiyada yashadi, - Sulsher shartnoma imzolagandan so‘ng, klub kanaliga bergan inervyusida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. – Hozir biz uchun o‘zgarish davri kechmoqda. Klub bilan yarim yillik ishga rozi bo‘lganimda, oilam men bilan birga kelmagan edi. Ammo endi ular yonimga kelishadi va biz yana birga bo‘lamiz. Biz uyni 2007-yilda qurgandik va nihoyat 2019-yilda tashrif buyuramiz».
2006-yilda Sulsher futbolchi sifatida klub bilan 2008-yilga qadar shartnoma imzolagandi. Aftidan Fergyusson o‘shanda hujumchiga klub tizimidan murabbiylik vazifasini topib berishga va’da qilgan. 2007-yilda Ole 1,8 mln funtga Olderli Edjdan uy sotib oladi.
Olderli Edj futbolchilar qishlog‘i hisoblanadi: bu erda Devid Bekxem yashagan, Rio Ferdinand, Duayt York, Maykl Kerrik va Joleon Leskott kabi futbolchilar yashashmoqda. Uning yaqinida Ueyn Runini hashamatli uyi qurilmoqda. Manchester Evening News nashri Olderli Edjni, Manchester klublari top transferlarining birinchi bo‘lib uy izlaydigan joyi deb atagan.
Olderli Edj – Oltin uchburchakning bir qismi. Bunday nomlanishiga sabab Angliya shimoli-g‘arbining eng qimmat 10 ta ko‘chasidan beshtasi joylashgan 3 cheshir qishlog‘ini (Uinslou va Pretsberi) shunday atashadi. Bu erda qachonlardir Krishtianu, De Xea, Kantona, Krauch, Zlatan, Mata, Yaya Ture va Tayson Fyuri kabilar yashashgan yoki haligacha yashab kelmoqda.
U erda mashhurlarni taqdiri hech kimni diqqatini tortmaydi. «U er juda ham tinch. Odamlar ko‘chalarda superyulduzlarni ko‘rishga odatlanishgan va ularga yaqinlashishga urinishmaydilar. Bu erda top futbolchilar o‘zlarini oddiy insondek his qilishadi», - deydi ko‘chmas mulk bo‘yicha agent.
Olderli Edj qanchadir vaqt Britaniya shampan poytaxti maqomiga sazovor bo‘lgan. Bar va magazinlarda shampan ichimligiga soatiga o‘rtacha 500 funt atrofida sarflanardi.
Bunday joylarda Ole-Gunnar faoliyati yakunida hashamatli uy sotib oladi. Mout Kotteji 50 yoshli uy bo‘lib, «ixcham ingliz hashamatli uyi» ni ideal timsoli hamdir.
Ammo norvegiyalik bu uy o‘rnida skandinavcha uslubidagi ekologik xashamatli uy qurishni o‘ylaydi: uy yog‘och asosiga qurilib, toshli hovuz va tomida quyosh batareyalari o‘rnatilgan bo‘ladi. Shunda muammolar paydo bo‘ldi: mahalliy hukumat ishni amalga oshirishga ruxsat berishmaydi.
«Ekologiyani sevuvchisi kelib, hali yana yarim asr xizmat qila oladigan uyni buzib tashlamoqchi – Sulsherni qo‘shnilaridan biri 2008-yil Daily Mail ga bergan intervyusida achchiqlanib o‘z fikrini bildirdi. – Agar unga hovuz uchun joy kerak bo‘lsa, nega bo‘sh joydan bo‘sh maydon sotib olib, u erda uy qurmadi? Buning o‘rniga u kelib, bizning shaharcha hayoti va atmosferasiga zarar etkazdi».
Ole uyni buzib, qayta rejalashtirib qurishga 2008-yil fevralda ruxsat oldi.
Uyda hovuz, 5 ta yotoqxona, uy kinoteatri, ichki chang yutish tizimi to‘plami, takomillashtirilgan xavfsizlik tizimi, suvni isitish uchun quyosh batareyalari va keng maydonli maysazor mavjud.
Lekin «Manchester Yunayted»da Sulsher ushlanib qolmadi – 2011-yilda u Norvegiyaga «Molde»ni shug‘ullantirgani ketdi. O‘shandan buyon APLga qaytishga urinish bo‘ldi, ammo «Kardiff»ga. Ole Uelsda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, aftidan Manchesterda qayta ish topishiga umid qilmadi. 2011-yilda u uyni 4 mln funtga sotuvga qo‘ydi.
Xaridorlarni axtarishga ko‘p yillar ketdi. «Liverpul» klubi 70 mln funtdan ortig‘iga «Sautgempton»dan Virgil van Deykni xarid qilib olmaguncha uy 2018-yilgacha shunchaki sotilmay turdi. Aynan golland Sulsherdan uyni ijaraga oladi. Ijara to‘lovi taxminan 8,5-10 ming funtga baholandi. Van Deyk haftasiga 150 ming funt oladi, bu unga etadi.
Sulsherni uyida Virgil rafiqasi Rayk bilan yashaydi (ular 2016-yilda turmush qurishgan, 10 yil avval van Deyk «Villem II» klubida to‘p surayotgan kezlarida tanishib qolishgan). Ularni 5 yoshli qizalog‘i Nayla bor. Melvuddagi «Liverpul» bazasigacha mashinada bir soat atrofida etib borish mumkin.
Van Deykda yozda turar-joy bilan bog‘liq variantlar bo‘ladi – Angliya shimolida doim qimmat ko‘chmas mulklari sotiladi. Misol uchun, dekabr oyida Olderli Edjda 3,25 mln funtga hashamatli uy sotib olindi. Uy Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib, futbolchi Angliya shimoliga hali-beri qaytishni istamaydi, chog‘i.
Fikrlar