Sultonmurodov OKMK bilan o‘yindan keyin qaysi jamoaga rahmat aytdi?

  • 6 mart, 2023, 02:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK Superliga birinchi turida "Surxon" ustidan zafar quchdi (3:1). "Paxtakor" stadionida o‘tgan o‘yindan keyin termizliklar vakili Shohjahon Sultonmurdovning fikrlariga quloq tutdik.

Tecno

Avvalo, O‘zbekiston chempionati start olgani bilan butun futbol ahli va muxlislarni tabriklayman. O‘yinni yaxshi boshlagan edik. Keyin voqealar rivoji o‘zgarib ketdi. Bu birinchi rasmiy o‘yinga chiqqanimiz tufayli bo‘lsa kerak. Yangi jamoa shakllantirilyapti, futbolchilar va legionerlar yangi. Biroz vaqtdan keyin barchasi iziga tushib ketadi.

2021 yilni "Olimpik" bilan Pro ligada o‘tkazgan edingiz. Keyin uzoq muddatli tanaffus bo‘ldi va sizni "Xorazm" tarkibida ko‘rdik. Hozir yaxshi sport formasidamisiz?

Jarohat futbolchining eng katta dushmani, deb bekorga aytishmaydi. 9 oy maydon tashqarisida qolib ketdim. Tuzalganimdan keyin "Xorazm" jamoasi chaqirdi va tiklanib olishim uchun katta yordam berdi. Endi Superliga ritmiga tushib olsam, keyin Olimpiya terma jamoasiga qaytish uchun harakat qilaman.

Qishki yig‘inni "Bunyodkor" safida boshlagan edingiz. Poytaxt klubidan ketib qolishingizga sabab nima edi?

Meni Ivan Boshkovich va Aziz Haydarov chaqirgandi. O‘yinim ularga ma’qul kelib, jamoada qolishimni so‘rashdi. Keyin klubda tushunarsiz ishlar boshlanib ketdi. Meni tarkibga jalb qilganlar ketib qolishdi. Natijada agentlarim bilan maslahatlashib, "Surxon"ga o‘tishga qaror qildim.

FR suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!