Superhujumchiga etti yillik shartnoma va dahshatli maosh!

  • 28 fevral, 2024, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha,  “Chelsi” rahbariyati “Napoli” to‘purari Viktor Osimxenga shartnoma tayyorlab qo‘ydi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” nigeriyalik forvardga etti yillik shartnoma va katta maosh taklif qilmoqchi. Klub shu yo‘l bilan 23 yoshli to‘purarni Londonga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Bundan tashqari, Viktor Osimxen o‘zining kumiri hisoblangan Dide Drogba yulduzli davrini aynan “Chelsi”da o‘tkazgani ham uning tanloviga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi ta’kidlandi.

Viktor Osimxen o‘tgan mavsumda sermahsul o‘yin namoyish qilib, “Napoli”ning uzoq tanaffusdan keyin skudettoni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shgan edi. Joriy mavsumda jamoaning ham, hujumchining ham ko‘rsatkichlari yuqori darajada emas.

Shu bois, transfer bo‘yicha ekspertlar Viktor Osimxen muhitni o‘zgartirishi, “Napoli” esa, asosiy to‘purari transferidan mo‘may daromad ishlab olishga harakat qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!